10 iyu 18:21
Yangiliklar

Meyvezer boks tarixidagi Top-5 reytingini tuzdi, u o'zini 1-o'ringa qo'ygan!
Unda Floyd boks tarixidagi eng kuchli besh nafar afsonalar reytingini tuzib chiqdi. Meyvezer birinchi o'ringa o'zini qo'yganligi ko'pchilikni ajablantirdi.
"U boshqalarga qaraganda ko'proq jahon chempionlarini mag'lub etdi. Boz ustiga bu vazifani juda qisqa fursatda uddaladi. Uning zarbalari boshqalardan ko'ra aniqroq bo'lgan va o'zi ham kam zarba o'tkazib yuborgan. U 18 yil davomida 5 ta vazn toifasida jahon chempioni bo'lib turgan", — deya o'ziga tarif bergan Meyvezer.
Floyd Meyvezer o'zidan keyingi o'rinlarga Roberto Duran, Pernell Uitaker, Xulio Sesar CHaves va Muhammad Alini qo'ygan.
Top-5 bokschilar (Floyd Meyvezer tanlovi):
1. Floyd Meyvezer
2. Roberto Duran
3. Pernell Uitaker
4. Xulio Sesar CHaves
5. Muhammad Ali.
Fikrlar
"OLIY TOIFALI OCHIQ KO'RLAR"