10 may 18:33
Yangiliklar

Meyvezer boksga qaytishi haqida: Men hali bu biznesni tark etganim yo'q
"Men bu biznesni hali tark etganim yo'q. Lekin, men yana ringga qaytadigan bo'lsam bu boks emas, shou va biznes bo'ladi. Xech qanday boks yo'q. Menga etadi, hozir nafaqadaman. Bu menga yoqyapti.
MakGregor bilan ehtimoliy jang? Odamlar 370 million dollarni uzoq vaqt davomida ishlashmoqda. Men buni bir kechada ishladim. Ikki marta 320 million dollardan ishlab olish imkoniyatim bo'ldi. Buning uchun 36 yoki 28 daqiqa etarli bo'ldi.
Agar yana bunday imkoniyat bo'lsa va bu menga zavq bag'ishlasa, men 600 million dollar ishlab olsam, nima uchun yo'q? Lekin men munosiblarga qarshi ringga chiqaman. Hozir meni qaytishga majbur qiladigan munosib raqibni ko'rmayapman. Boks bilan barchasi tugagan. Men hayotdan zavq olmoqdaman", - dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Floyd murabbiylik sohasida o'zini sinab ko'rmoqchi ekanligiga shama qilgandi.
Fikrlar