24 avg 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18041_220.jpg)
Meyvezer: "Jangchi bo'lib tug'ilganman, jangchi bo'lib o'laman"
5 ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblanadigan Floyd Meyvezer MakGregorga qarshi jangda o'ziga juda ishonmoqda.
"Mening 47 nafar raqibim bo'lgan. Ular mening qo'lim ingichka va nozikligini, shuningdek, ularga yutqazishimni aytishgandi. Lekin, ularning xech biri meni mag'lub eta olmagan. Bu aql, jangchiga xos sabr deb ataladi. Men otamdan o'rgangan barcha narsani eslab qolaman.
Menga ko'rsatilgan xar bir kombinaciyani yodda saqlayman. Boksda qilish mumkin bo'lgan narsani ming marotaba takrorlaganman. Men jangchi bo'lib tug'ilganman va jangchi bo'lib o'laman.
Jang kuni Konor nimaga qodir ekanligini isbotlaydi va bu oson bo'lmaydi.
Bir eslang-a, Pakyaoda, Kaneloda, SHeyn Mozlida qanday zarba bor edi. Lekin, mening boshim qattiq", - deydi Meyvezer.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar