02 iyu 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer Jorj Floydning dafn marosimini o'z zimmasiga oldi
Boks afsonasi Floyd Meyvezer afroamerikalik Jorj Floydning oilasiga o'zining beg'araz yordamini taklif qildi.
Xabaringiz bor, Jorj Floyd policiya tomonidan 20 dollarlik qalbaki chekdan foydalanganlikda gumon qilinib, qo'lga olingan edi. O'sha vaziyatda policiya oficerlaridan biri Jorjni asfaltga yotqizib, oyog'i bilan bo'ynini olti daqiqa davomida ushlab turadi.
Natijada Floyd xushini yo'qotadi. SHifokorlar tomonidan kasalxonaga etkazilgan qora tanli Jorjning hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmadi. Bu noxush voqeaga AQSHning ko'plab shaharlarida ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Engilmas bokschi Floyd Meyvezer beg'araz yordam tariqasida Jorj Floydning dafn marosimiga ketadigan barcha sarf-harajatlarni o'z zimmasiga oldi. Marhumning oila azolari ham bu taklifga rozilik bildirishdi.
Havola :
Fikrlar