17 avg 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer - Makgregor. Jang hakami malum qilindi
Orziqib kutilayotgan Floyd Meyvezer va Konor MakGregorom o'rtasidagi jangda hakamlik qiladigan referi nomi oshkor qilindi.
Unga ko'ra, boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangda bosh referi vazifasini amerikalik mashhur hakam Robert Berd bajaradi. Berd 1983 yildan beri boks janglarida hakamlik qilib kelyapti va tabiiyki, katta tajribaga ega.
Uning hisobida 600 dan oshiq hakamlik qilingan janglar bor. Ular orasida Aleksandr Usik - Kshishtof Glovacki, Andre Uord - Sergey Kovalev kabi chempionlik janglari bor.
26 avgust kuni o'tkaziladigan jangda Berdga Bert Klements, Deyv Moretti va Gvido Kavalleri yordam berishadi. Agar jang g'olibi ochkolar hisobiga aniqlansa, u holda aynan mana shu uch hakam bahs taqdirini o'z ovozlari bilan hal qilishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar