11 may 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer nimaning evaziga yuqori saviyaga chiqqani haqida gapirdi va Spensga javob qaytardi
Amerikalik sobiq bokschi Floyd Meyvezer Errol Spensning gaplariga munosabat bildirdi.
Avvalroq Spens Floyd Meyvezerni mag'lub etishi haqida gapirgandi.
"Men Spens bilan faxrlanaman. U o'ziga va istedodiga ishonishi kerak. Men barcha sportchilarimiz Floyd Meyvezerni mag'lub etishlariga ishonishlarini istardim. Bilasizmi, boks shunchaki sakkiz haftalik mashg'ulot lageri emas. Bu hayot tarzi.
Men har tomonlama intizomli edim. Xech qanday giyohvand moddalar, sigaret va alkogolsiz. Men eng yaxshisi bo'lish uchun to'g'ri hayot tarziga amal qilib, qattiq mehnat qildim. O'zimdan oldingi avlod bokschilarini doim hurmat qilganman, ahir aynan ular menga yo'lni ko'rsatib berishgan", - dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar