11 avg 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer: "Qora tanlilar uchun jang qilaman"
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer qora tanlilar uchun jang qilishini aytib o'tdi.
"Menga u bizni maymunlar deb atagani yoqmadi. Bu katta hurmatsizlik. U meni o'zimdan chiqib ketadigan tugmachani bosgani yo'q. Lekin, bu gap menga yoqmadi. Men o'z etakchilarimiz - Martin Lyuter King, Malkolm Iksa haqida o'yladim. Ular men, oilam, yaqinlarim uchun kurashishgan.
Aytib o'tganimdek, MakGregor bu ishini davom ettirmoqda. Lekin, men kuchli, aqlli va sabrliman. 26 avgust kuni ham shunday bo'laman. Ko'ramiz, o'shandan keyin ham u bizni maymunlar deb atarmikin. Bu jang Amerika xalqi uchun, butun dunyodagi qora tanlilar uchun bo'lib o'tadi", - deydi Meyvezer.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar