31 okt 12:47
Yangiliklar
Futbol
Milik "Napoli" bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va yanvarda jamoadan ketadigan bo'ldi
"Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik yanvarda jamoadan ketmoqchi.
Neapol klubi rahbariyati shartnoma uzaytirilishiga qiziqmoqda va uni sal qimmatroqqa sotish uchun qisqa muddatli shartnoma taklif qilishgan edi. Milik va uning agenti esa buni rad etishdi.
Polyakning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. SHu sabab Milik jamoadan yanvarda arzonroqqa ketishi mumkin.
SHu bilan birga "Napoli" 26 yoshli hujumchi borasida taklif olmadi. Arkadiush bosh jamoadan alohida shug'ullanmoqda, oldinroq u A Seriya va Evropa Ligasi qaydnomasidan chetda qolgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar