07 iyu 05:19
Yangiliklar

Millatlar ligasi. Gollandiya - Angliya o'yini g'olibi qo'shimcha bo'limlarda aniqlandi
Unda Ronald Kuman boshchiligidagi Gollandiya termasi irodali tarzda g'alabaga erishdi va Millatlar ligasining finaliga chiqdi. Endi gollandiyaliklar 9 iyun kuni Portugaliyaga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.
Gollandiya – Angliya 3:1
«Afonsu Enrikesh» stadioni
Gollar: 0:1 – 32, penalti Reshford, 1:1 – 73 de Ligt, 2:1 – 97, avtogol Uoker, 3:1 – 114 Promes.
Gollandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Dumfris, van Deyk, Depay, de Ron (van de Bek, 68), Bergveyn (Propper, 90), Veynaldum, Babel (Promes, 68), de Yong (Strotman, 114).
Angliya – Pikford, Rays (Alli, 105), Maguayr, Stounz, Delf (Xenderson, 77), Sterling, Barkli, Uoker, Sancho (Lingard, 61), CHiluell, Reshford (Keyn, 46).
Ogohlantirishlar: de Ligt (30), Dumfris (44), Keyn (70), van de Bek (106).
Fikrlar