So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

02 okt 16:44
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Milliy olimpiya qo'mitasida o'smirlarimizni Olimpiya o'yinlariga kuzatish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Kuzatish marosimi
Xabaringiz bor, 6-18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston delegaciyasi tarkibida 37 nafar yoshlarimiz sportning 16 turi bo'yicha bahslarda ishtirok etadi.

Bugun, 2 oktyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi binosida o'smirlar Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizni rasmiy kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Axmatdjanov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov so'zga chiqib, musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizga omad tiladi.

«Yaqindagina Jakartada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarimizni katta tantanalar bilan kutib olgandik. Endi esa navbat sizga keldi. O'smirlar Olimpiya o'yinlari sportchi va murabbiylar uchun o'z imkoniyatini namoyish etib, Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun ajoyib imkoniyatdir. Avvalgi Olimpiya o'yinlarida o'smirlarimiz 10 ta medal qo'lga kiritishgandi. Sizlar ushbu natijani yaxshilashning uddasidan chiqa olasizlar. Yaqinlashib kelayotgan musobaqada sportchilarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Umid qilamizki, sizlarni medallar shodasi va yangi rekordlar bilan kutib olamiz», – dedi Bosh vazir o'rinbosari.

So'ngra, Aziz Abduhakimov III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajaradigan erkin kurashchimiz Muhammadrasul Rahimovga davlatimiz bayrog'ini topshirdi.

Delegaciyamizning asosiy qismi 4 oktyabr kuni tunda poytaxtimizdan Buenos-Ayresga jo'nab ketadi.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimizga omad va muvaffakiyatlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing