13 iyu 21:22
Yangiliklar
UFC Freedom 250 turniri ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida qatnashishdi. Natijalar qanday?
Turnirning markaziy jangida engil vazn chempioni Iliya Topuriya o'z kamarini Jastin Getjidan himoya qilishga urinib ko'radi. Ikkinchi asosiy bahsda esa ikki vaznning sobiq chempioni Aleks Pereyra uchinchi vaznda kamarni qo'lga kiritish uchun Siril Ganga qarshi to'qnash keladi.
Bugun turnir ishtirokchilari vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
Natijalar quyidagicha:
Markaziy jang, engil vaznda chempionlik kamari uchun: Iliya Topuriya (70,3 kg) vs Jastin Getji (70,3 kg)
Og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun: Aleks Pereyra (113,85 kg) vs Siril Gan (112,49 kg)
Eng engil vaznda: SHon O'Melli (61,46 kg) vs Aymann Zaxabi (61,23 kg)
Og'ir vzanda: Josh Xokit (104,78 kg) vs Derrik Lyuis (120,2 kg)
Engil vaznda: Maurisio Ruffi (70,3 kg) vs Maykl CHendler (70,76 kg)
O'rta vaznda: Bo Nikal (84,36 kg) vs Kayl Dakas (84,36 kg)
Yarim engil vaznda: Diego Lopes (66,22 kg) vs Stiv Garsiya (66,22 kg).
Musobaqa Toshkent vaqti bilan 15 iyun kuni tonggi 5:00 da start oladi.
Fikrlar