21 jan 08:28
Yangiliklar
Mirzohid Farmonov - Tunis Gran-Prisi sovrindori!
Poytaxt Tunis shahridagi El Menzah Sports Hall arenasi Gran-Pri turkumiga kiruvchi ushbu turnirga mezbonlik qilmoqda. Tunis Gran-Prisida dunyoning 50ga yaqin davlatidan 430 nafar dzyudochi jami 14ta vazn (7 nafardan erkaklar va ayollar) toifasida tatamiga chiqishyapti.
Kechagi kungi bahslarda O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallari soni bittaga ko'paydi. -73 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Mirzohid Farmonov bronza medalini qo'lga kiritdi. U bronza uchun kechgan bahsda franciyalik Benjamin Aksusni mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Mirzoxid avvaliga Bosniya va Gercegoviniya sportchisi Sedrich Bessini mag'lubiyatga uchratdi. Keyin rossiyalik Sayar Ondardan ustun keldi. SHveycariyalik Nils Stampni mag'lub etgan hamyurtimiz yarim finalga yo'l oldi. Final ostonasida esa kutilmaganda kosovolik Akil Gjakovaga yutqazib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning ilk kuni -66 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahram Ahadov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Tunis Gran-Prisi g'olibiga aylandi. Kecha tatamiga chiqqan 20 yoshli Davlat Bobonov (-81 kg) esa ilk davradayoq tunislik Abdulaziz Ben Ammarga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar