So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

05 apr 13:08
Yangiliklar

Boshqalar

Misha Ge 2018 yilgi Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritdi

Teglar :  Olimpiada-2018
Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge 2018 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritdi.

Xabar berib o'tganimizdek, Misha o'tgan xaftada Finlyandiyaning Xelsinki shahri mezbonlik qilgan figurali uchish bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Qisqa dasturda 16, erkin dasturda 10-o'rinni egallagan hamyurtimiz, ikki yo'nalish natijasiga ko'ra jahon chempionatini       12 –o'rinda yakunlandi. Ushbu natijasi evaziga Misha Ge Olimpiya o'yinlarining licenziyasiga ega bo'ldi. 

Jahon chempionatida erkaklar o'rtasidagi bahslarda kutilganidek yaponiyalik Yudzuru Xanyu oltin medalga sazovor bo'ldi. Ikki karra jahon chempioni ispaniyalik Xaver Fernandes esa 2013 yildan beri ilk bor medalsiz qoldi. Etiborga molik jihati shundaki, figurali uchish bo'yicha jahon chempionatlari tarixida ilk bor barcha medallarni Osiyolik sportchilar qo'lga kiritishdi. Yaponiyalik SHoma Uno kumush, xitoylik Boyan Czin esa bronza medali bilan taqdirlandi. 

Kuni kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga Xalqaro qishki sport turlari Ittifoqidan Misha Gening Olimpiya o'yinlariga rasman licenziya qo'lga kiritganligini tasdiqlovchi xujjat etib keldi. O'z navbatida Milliy olimpiya qo'mitasi figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Geni Olimpiya o'yinlari licenziyasi bilan muborakbod etadi va unga dunyoning eng yirik sport festivalida omad va zafarlar tilab qoladi. 

Malumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o'yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari Koreya Respublikasining Pyongchan shahrida bo'lib o'tadi. Unda dunyoning 90 ta mamlakatidan 2 500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqada sportning 7ta turi bo'yicha 98 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing