So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

16 avg 16:49
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA hamjamiyatining Islam Maxachev - Yen Gerri jangiga munosabati

Taniqli MMA vakillari bugun Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining asosiy jangiga o'z munosabatini bildirdi.

Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini Yen Machado Gerriga qarshi jangda himoya qildi. Ammo bu chempionlik jangi rossiyalik sportchi uchun oson kechmadi va buni jang sanati vakillari ham alohida takidlashdi.

Mett Braun: "Men allaqachon aytib kelganman, Yen — chempionlik darajasidagi jangchi. Ammo vaqt va raqib tanlash muhim ahamiyatga ega, shunday tuyulyaptiki, u hozir noto'g'ri joyda va noto'g'ri vaqtda qolib ketdi. Obektiv qaraydigan bo'lsak, Gerri tasirli jang o'tkazdi. U juda raqobatbardosh jang ko'rsatdi va bazi daqiqalarda u haqiqatan ham g'alaba qozonishi mumkindek tuyuldi. Bu, shubhasiz, Islamning kelgusi janglarini yanada qiziqarli qiladi. O'ylaymanki, Yen yana cho'qqiga chiqishga va kelajakda chempionlikni qo'lga kiritishga qodir".

Nolan King: "UFC butun jang davomida kamerani Karlos Pratesga qaratib turdi. Bundan o'zingiz xulosa chiqaring".

Brendan SHaub: "Islam bugun g'alaba qozondi, shubhasiz, lekin uzoq vaqtdan beri ilk bor oktagonda u oddiy insondek ko'rindi. Maykl Morales u uchun juda katta muammo bo'ladi. Yen Gerri agar bir bo'lak go'sht eganida, g'alaba qozongan bo'lardi".

Mayk Perri: "Yaxshi jang. Faqat oxirgi raundni kim olganini aytish qiyin".

Genri Sexudo: "Yakuniy raundda Islam o'z ustunligini isbotladi. Vazn toifasidan qati nazar, reytingning birinchi raqamli jangchisi yana g'alabaga erishdi".

Billi Kuarantillo: "Gerri bazida g'alati gaplarni gapiradi, lekin u haqiqiy jangchi".

Karlos Prates: "Navbat meniki!"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing