30 avg 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA
"MMAga qaytish uchun endi qarilik qilaman" - Zabit Magomedsharipov
UFC sobiq jangchisi Zabit Magomedsharipov MMAga qaytish ehtimoli haqida gapirdi.
"Men kurashni yaxshi ko'raman, grepplingni yaxshi ko'raman. O'ylaymanki, shu yo'nalishda chiqishlarimni davom ettiraman. Ammo MMAga qaytish uchun o'zimni ancha katta yoshda deb hisoblayman. Kurashda esa ishtirok etish mumkin.
Hozirgi UFC etakchi jangchilarining darajasini qanday baholayman? Hamma o'smoqda, hamma kuchaymoqda. Men ham jismonan kuchayganman deb o'ylayman. Faoliyatim davrida jismoniy kuch etishmasdi. Agar hozir jang qilganimda, ehtimol menga osonroq bo'lardi. Zalda o'zimni yaxshi his qilaman. Ammo arenada qanday bo'lishini bilmayman", — dedi Magomedsharipov.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar