07 okt 09:47
Yangiliklar
Zabit RAF ligasi bilan shartnoma imzoladi. Ilk raqib, sana va manzil malum + POSTER
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining raqibi UFC`da faoliyat yuritayotgan gruziyalik jangchi Giga CHikadze bo'ladi. 35 yoshli Magomedsharipov va CHikadze o'rtasidagi jang 14 noyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Etihad Arena"da — RAF turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida Magomedsharipov musobaqalarga qaytgan edi: Istanbulda bo'lib o'tgan ACBJJ 22 turnirida u jiu-jitsu qoidalari bo'yicha marokashlik Yussef Zalalni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Rossiyalik sportchi uchun bu uzoq tanaffusdan keyingi ilk jang bo'lgandi — u oxirgi marta 2019 yilning noyabrida oktagonga ko'tarilib, hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori evaziga Kelvin Kattarni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar