31 avg 08:28
Yangiliklar
Zabit Magomedsharipov etti yillik tanaffusdan so'ng ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
Istanbulda bo'lib o'tgan ACBJJ 22 turnirining markaziy jangida u UFC`ning kuchli yarim engil vazn toifasi vakili, marokashlik Yussef Zalalni mag'lub etdi. Jangning to'rtinchi daqiqasida rossiyalik sportchi raqibini parterga tushirib, ustunlikni qo'lga kiritdi. Marokashlik jangchi esa bunga javoban xavfli "uchburchak" bo'g'ish usulini qo'llashga urindi, biroq Magomedsharipov undan himoyalanishga muvaffaq bo'ldi.
Natijada jang to'liq davom etdi va etti daqiqalik bellashuv yakuniga ko'ra, 35 yoshli Zabit Magomedsharipov hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan g'alaba qozondi.
Jangdan keyingi intervyuda rossiyalik sportchi oktyabr oyida Braziliyada bo'lib o'tadigan ACBJJ turnirida 70 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida amerikalik Raul Rosasga tegishli bo'lgan chempionlik kamari uchun kurashmoqchi ekanligini malum qildi.
Turnirning ikkinchi muhim jangida esa UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Belal Muhammad "Oktagon MMA" ligasi vakili, turkiyalik Kerim Engizekni orqadan bo'g'ish usuli bilan mag'lub etdi.

Fikrlar