06 okt 10:35
Yangiliklar
Zabit Magomedsharipov RAF Wrestling Ligasi bilan shartnoma imzoladi
Bu haqda ESPN jurnalisti Brett Okamoto X ijtimoiy tarmog'ida sportchining menejeri Ali Abdel-Azizga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Magomedsharipov yangi tashkilotdagi debyutini 14 noyabr kuni Abu-Dabida o'tkazadi.
Rossiyalik sportchi avgust oyida Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan ACBJJ 22 turnirida qatnashgan edi. U jiu-jitsu qoidalari asosidagi bahsda marokashlik Yussef Zalalni hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag'lub etgandi. Mazkur bahs Magomedsharipov uchun uzoq tanaffusdan keyingi musobaqalarga qaytish bo'lgan.
U bungacha oxirgi marta UFC oktagoniga 2019 yil noyabrida chiqqan. O'shanda Magomedsharipov Kalvin Kattarni ham hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan enggan.
Fikrlar