07 fev 13:20
Yangiliklar
Tennis
Monpele turniri finalida kutilmagan natija
ATR reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Aleksandr Bublik Open Sud de France musobaqasi g'olibiga aylandi.
Bublik final uchrashuvida jahonning uchinchi raketkasi, germaniyalik Aleksandr Zverevni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etishni uddaladi. Uchrashuv 70 daqiqa davom etgan. O'yinda Bublik sakkizta eys va to'rtta breyk amalga oshirib, uch marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Zverev esa to'rtta eys qayd etib va uchtata xatoga yo'l qo'ydi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobi - 2:0, qozog'istonlik tennischi foydasiga bo'lib turibdi.
Bublik Monpeleda faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi. Franciyadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 45 865 evro mukofot puli hamda 250 ochko keltirdi. Kechagi g'alabasi evaziga qozog'istonlik tennischi jahonning 31-raketkasiga aylandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar