12 apr 15:15
Yangiliklar
Tennis
Monte-Karlo "Masters". Xachanov rus derbisida Medvedevni mag'lub etdi
Tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turnirida 1/4 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
ATP reytingida 17-pog'onada borayotgan rossiyalik Karen Xachanov uchinchi davrada vatandoshi, dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedevni mag'lub etishni uddaladi - 6/3, 7/5. Hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Daniil oldinda bormoqda - 5:2.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan bahsda Xachanov 1, Medvedev 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Daniilga 8 ta qo'shxato qimmatga tushdi. Karen xatoga umuman yo'l qo'ymadi. Breyklar soni bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonda bo'ldi - 4 ga 2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar