So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

07 noy 09:37
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ dopingga qarshi kurash mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferenciyaga mezbonlik qildi

Teglar :  AntidopingMOQ
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida “Dopingga qarshi kurash: erishilgan natijalar, axloqiy, huquqiy va tibbiy jihatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov, shuningdek xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi.

Konferenciyada dastlab Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Vitold Bankaning ishtirokchilarga yo'llagan videomurojaati tinglandi. Unda WADA rahbari yurtimizda nafaqat sport, balki, antidoping sohasiga ham hukumat darajasida etibor berilayotganligi, buning natijasida O'zbekiston antidoping sohasida rivojlangan davlatlarning 1-guruhidan joy olganligini alohida takidladi va konferenciya ishiga omad tiladi.

SHundan so'ng, SHahrullo Mahmudov o'zbekistonlik sportchilarning jahon arenalarida katta natijalarga erishayotganligi va bu kabi tadbirlar ularning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishini aytib o'tdi. Konferenciya davomida Abdushukur Sadikov O'zbekistonda doping muammolari va imkoniyatlar (“O'zbekistonda antidoping faoliyatining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari”) mavzusida maruza qildi va shu bilan konferenciya o'z ishini boshladi.

Tadbir davomida Janubiy Koreya, Litva, Polsha, Turkiya, Qozog'istondan taklif etilgan ekspertlar va mahalliy mutaxassislar dopingga qarshi kurashni huquqiy tartibga solish, milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish, sohaga oid huquqiy meyorlarni takomillashtirish, shuningdek, sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik istisno tarzida foydalanish masalalari yuzasidan tematik taqdimotlar o'tkazishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing