So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

15 noy 15:41
Yangiliklar

Velosport

MOQ Murodjon Xolmurodovning Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritganini tasdiqladi

Teglar :  VelosportXolmurodov
Avvalroq, velosportchimiz Murodjon Xolmurodov Tokio-2020 Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgani haqida xabar qilgandik.

Yana bir sportchimiz Tokio-2020 Olimpiadasi uchun licenziya qo'lga kiritdi

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu xabarni rasman tasdiqladi.

Noyabr o'zbek sporti uchun unutilmas voqeliklarga boy bo'lmoqda. Boisi, oy davomida para-atletlarimiz jahon chempionati orqali Tokio Paralimpiadasiga 8 ta, sportimiz tarixida ilk bor zamonaviy beshkurashchilarimiz Olimpiya o'yinlariga bir emas, ikkita licenziyaga ega bo'lishdi.

Velosportchimiz Murodjon Xolmurodovning Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgani haqidagi rasmiy xabar esa bugun barcha o'zbek sporti muxlislarini xursand qilishi turgan gap. Hamyurtimiz aprel oyida Toshkentda o'tkazilgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatida beshinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi. Aynan ushbu natija sportchimiz uchun Tokio Olimpiadasi eshigini ochmoqda. Boisi undan yuqori natija qayd etgan sportchilar jahon chempionati orqali Olimpiada yo'llanmasiga ega bo'lishdi. Tokio-2020 Xolmurodovning faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada bo'ladi. Hamyurtimiz avval 2012 yil London Olimpiadasida ham yurtimiz sharafini himoya qilgan.

SHu tariqa Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritilgan licenziyalarimiz soni 14 taga etdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston velosiped sporti federaciyasini ushbu sport turida qo'lga kiritilgan ikkinchi yo'llanma bilan muborakbod etib, trek yo'nalishida ham Olimpiya o'yinlari licenziyasi uchun kurash olib borayotgan hamyurtlarimizga omad tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing