So’nggi yangiliklar

11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0

03 dek 07:52
Yangiliklar

Velosport

MOQ raisi Olga Zabelinskayani qabul qildi

Ayni kunlarda velosport bo'yicha Osiyo chempioni, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari licenziati Olga Zabelinskaya Toshkentda bo'lib turibdi.

Sportchimiz yurtimizda velosportni rivojlantirish yo'lidagi istiqbolli rejalar, oldinda turgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish masalalarini muhokama qilish maqsadida Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Sportchimizni MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari v.b. SHerzod Tashmatov kutib oldi.

Uchrashuvda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi nomidan bosh kotib Kozimxo'ja O'rinboyxo'jaev va murabbiy Rustam Nurtdinov ishtirok etdi. Suhbat davomida mutasaddilar sportchimiz bilan Tokio Olimpiadasi va boshqa nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorlanish, yurtimizda velosportni yanada rivojlantirish va ommalashtirish mavzusida fikr almashishdi.

“Olga Sergeevna, Sizda shunday ulkan tajriba va bilim borki, undan yurtimiz velosportini rivojlantirish borasida foydalanishimiz kerak. Ha, oldimizda Tokio Olimpiadasi turibdi. Unga ishlab chiqqan tezkor rejamiz bo'yicha ketmoqdamiz. Biroq oldinda bizni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari ham kutmoqda. Bunga terma jamoada selekciya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'ygan holda tayyorlanish kerak. Bu borada Sizdagi tajriba juda asqotgan bo'lar edi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

O'z o'rnida Olga Zabelinskaya ham bu boradagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Velosportda ham yuqori natijaga erishish uchun eng muhimi sportchiga o'z vaqtida dam berish. Yil davomida kuchli jismoniy yuklamalar beriladi va organizmning kerakli darajada hordiq chiqarishi kelgusi yutuqlar uchun muhim. Qolaversa, hozirgidek xalqaro startlar kam bo'lgan vaqtda sportchining jismoniy va psixologik jihatdan to'g'ri tayyorlab borish, uning nima uchun shug'ullanayotganini tushuntirish kerak. Parij Olimpiadasiga kelsak, bizda ayollar o'rtasida jamoaviy yo'nalish orqali ko'proq licenziya olish imkoniyati bor. Buning uchun 5 nafar asosiy tarkibni kerakli darajada tayyorlay olsak, bir emas, bir nechta yo'nalishlarda Olimpiada licenziyasiga ega bo'lamiz. Osiyo qitasida ekanligimiz va undagi raqobat biz uchun juda qulay”, – dedi sportchimiz.

SHuningdek, suhbat davomida mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, jahonda kuchli raqobatbardosh jamoa shakllantirish kabi istiqbolli rejalar borasida kelishib olindi. Samimiy uchrashuvdan so'ng tomonlar stol tennisi sportidagi do'stona qarama-qarshilikda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing