27 avg 14:50
Yangiliklar
Futbol

Mourinyu "Real" futbolchisini olib kelmoqchi. "Fenerbaxche" "Qirollik klubi" bilan bog'landi
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin "Fenerbaxche" etiborini tortdi.
As xabariga ko'ra, istanbulliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu Dominik Livakovichdan norozi, darvozabonning o'zi ham Turkiyadagi holatidan xursand emas. Uning "Nottingem Forest"ga ijara asosida o'tishi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
Mourinyu o'z jamoasida Andrey Luninni ko'rishni xohlaydi. "Fenerbaxche" ehtimoliy transfer shartlarini aniqlash maqsadida "Real"ga so'rov yuborgan.
Qayd etilishicha, ukrainalik darvozabon "Galatasaroy"da ham qiziqish uyg'otmoqda, lekin Luning ular uchun asosiy maqsad emas.
Havola :
Fikrlar