10 mar 21:58
Yangiliklar
Dzyudo

Muhammadkarim Xurramov Marokash Gran-prisining bronza medali sohibi
Marokashning Marrokesh shahrida dzyudo kurashi bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa o'z poyoniga etib bormoqda.
Reglamentga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida og'ir vaznli polvonlar medallar uchun bahs olib borishdi.
Quvonarlisi, turnirning so'nggi kunida ham terma jamoamiz vakillari shohsupaga ko'tarila oldilar. -100 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Muhammadkarim Xurramov bronza medalini qo'lga kiritdi. Vakilimiz 3-o'rin uchun kechgan bellashuvda estoniyalik Grigori Minaskinni dog'da qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
SHu tariqa o'zbekistonlik dzyudochilar Marokash Gran-prisida 2 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
Havola :
Manba : МОҚ матбуот хизмати
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar