So’nggi yangiliklar

09:38ФОТО Нурсултон Рўзибоев: "Андижонликлар келди" 0 09:17Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди, бу тарихдаги учинчи натижа! 0 08:56Спортчилик фаолиятини якунлаган Одилхон икки ойдаёқ фикридан қайтди 0 08:35Оғир атлетикачимиз Бишкекдаги мусобақада ғолиб бўлди 0 08:14Богдан Гусков: "Қиёфадошим Энтони Смит билан жанг қилишим мумкин" 0 07:53ЕЧЛ. "Барселона", "Арсенал", "Байер"да йирик ғалаба, "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади + ВИДЕО 0 07:32Исроил Мадримов WBO'нинг янгиланган рейтингида ўнинчи ўринда қайд этилди, унинг бўлажак рақибичи? 0 07:11Ўзбекистон чемпионати-2024. Кеча 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТО 0 20:14Prezident Kubogi. "Ўзбек классико"сида қандай натижа қайд этилди? (Барча натижалар+турнир жадвали) 0 19:01"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда 0 18:39Перейра - Анкалаев жанги ташкил этилса, ким ғалаба қозонади? Хилл жавоб берди 0 18:17Ёш стол теннисчилармизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки давом этмоқда 0 17:54Жонс UFC'даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:29Йўғе?! "Тоттенхэм" посбони "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган 0 17:14Абдулҳаким Шаубаев Осиё Kukmuwon федерацияси президенти этиб сайланди 0

11 okt 18:20
Yangiliklar

Futbol

Murabbiyi chechenistonlik, asosiy yulduzi - etnik o'zbek. Qozog'iston terma jamoasi haqida nimalarni bilishingiz lozim?

Teglar :  Qozog'iston
Noyabr oyida terma jamoamiz qozog'istonliklar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Championat.Asia xabariga ko'ra, Qozog'iston terma jamoasi 16 noyabrga belgilangan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston terma jamoasiga raqib bo'ladi. O'yin Toshkentda bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Qozog'iston terma jamoasi haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.



Jamoa tarkibi

Ozarbayjonga qarshi so'nggi o'yinda qozog'istonliklar quyidagi tarkibda maydonga tushdi:

Darvozabon: Igor SHackiy (33 yosh, "SHaxtyor");

Himoyachilar: Nurali Alip (22 yosh, "Zenit"), Aleksandr Marochkin (32 yosh, "Tobol"), Marat Bistrov (30 yosh, "Axmat"), Timur Dosmagambetov (33 yosh, "Astana"), Bagdat Kairov (29 yosh, "Tobol");

Yarim himoyachilar: Islombek Kuat (29 yosh, "Astana"), Aslan Darabaev (33 yosh, "Astana"), Ramazon Orazov (24 yosh, "Aktobe"), Elxan Astanov (22 yosh, "Ordabasi");

Hujumchi: Abilayxon Jumabek (20 yosh, "Taraz").



Tarkibning umumiy qiymati 6,4 million evroni tashkil etadi. Jamoaning o'rtacha yoshi 28,5 ga teng. Taqqoslash uchun: Kosta-Rikaga qarshi o'yinda Transfermarkt O'zbekiston terma jamoasi tarkibini 17,2 million evroga baholagan. Futbolchilarning o'rtacha yoshi esa 26,6 yoshni tashkil qilgan.



Oxirgi natijalari

Qozog'iston terma jamoasi joriy yil sakkizta o'yin o'tkazdi. Ularning barchasi UEFA Millatlar Ligasiga to'g'ri keladi. Ularning dastlabkisi Moldovaga qarshi bahs edi. Unda "C" liga (Millatlar Ligasi uchinchi divizioni) yo'llanmasi taqdiri hal bo'ldi. Ilk o'yinda Qozog'iston 2:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, javob o'yinida 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ammo penaltilar seriyasida qozog'istonliklar kuchliroq chiqib (5:4), "C" ligada qolishdi.

Millatlar Ligasining joriy mavsumida Ozarbayjon, Slovakiya va Belarus terma jamoalari Qozog'istonga raqib bo'ldi. Qozog'istonliklar olti o'yinda to'rt bor g'alaba qozonib, faqat bir marta mag'lub bo'lishdi va bu Ozarbayjonga qarshi so'nggi o'yinda (0:3) sodir bo'ldi. Qozog'iston terma jamoasi yakunda guruhda birinchi o'rinni egalladi va "B" ligaga ko'tarildi.



Kuni kecha Evro-2024 saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda qozog'istonliklar to'rtinchi savatchadan o'rin olgandi. Ushbu savatchada qo'shnilarimizdan tashqari Gruziya, Greciya, Turkiya, Ozarbayjon va SHimoliy Makedoniya joylashgan edi.

Qura natijalariga ko'ra Qozog'iston "H" guruhidan o'rin oldi: Daniya, Finlyandiya, Sloveniya, Qozog'iston, SHimoliy Makedoniya, San-Marino


Bosh murabbiyi

Qozog'iston terma jamoasining muvaffaqiyatli yurishi, ilk navbatda, bosh murabbiy bilan bog'liq. 2022 yilning aprel oyidan buyon jamoani rossiyalik mutaxassis Magomed Adiev boshqarib kelmoqda. Bungacha u Qarag'andaning "SHaxtyor", "Anji" va "Axmat" klublarida ishlagan.



Adiev futbolchilik faoliyatini "Anji" va "Terek"da ("Axmat"ning avvalgi nomi) o'tkazgan. SHuningdek, u CSKA, "Nijniy Novgorod" hamda Ukrainaning "Krivbas" klublarida ham o'ynagan. 1990-yillarning oxirida Magomed Adiev Rossiya olimpiya terma jamoasi libosini kiygan. U bilan birga Igor Semshov, Vyacheslav Malafeev va Rolan Gusev kabi Rossiyaning asosiy jamoasi safida mashhur bo'lgan futbolchilar ham to'p tepgan.

Qozog'iston terma jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqichida birinchi o'rinni egallaganidan so'ng Adiev shunday dedi: "Agar men shunday natijalarni kutayotganimni aytsam, ikkiyuzlamachi bo'lardim. Albatta, unday emas. Jamoamizning eng muhim muvaffaqiyati shundaki, biz yigitlarni bir erga jam qilib, ularni yagona g'oya ostida birlashtira oldik”.

Qozog'iston matbuoti Magomed Adiev vataniga qaytishi mumkinligi haqida xabar bermoqda – unga hozirda Birinchi liga (Rossiyaning ikkinchi divizioni) vakili "Rubin" klubi qiziqish bildirmoqda.


O'yin uslubi

Adiev qo'l ostida Qozog'iston terma jamoasi uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydi: 3-5-2 (3-4-2-1) yoki ko'proq himoyaga urg'u beradi: 5-4-1. Qozog'istonning hozirgi terma jamoasini ajratib turadigan asosiy narsa – bu foydalanish imkoniyatining yuqoriligi. Masalan, InStat malumotlariga ko'ra, qozog'istonliklar Slovakiyaga qarshi o'yinda uchta imkoniyat yaratib, ikkitasini golga aylantirgan. Belarusga qarshi o'yinda esa – beshta imkoniyat va ikkita gol.

Kuchliroq raqiblarga qarshi o'yinlarda Qozog'iston terma jamoasi o'z darvozasi tomon "o'rnashib olish"dan tortinmaydi yoki bazilar takidlaganidek, jarima maydoni ichida "avtobus o'rnatadi". Agar qozog'istonliklar xuddi shunday kuchli raqib bilan to'qnash kelsa, o'yin yanada shiddatli davom etadi.

Qozog'iston terma jamoasi turli yo'llar orqali o'yin tashkillashtirishga harakat qiladi. Golli vaziyatlarni qisqa paslar orqali ham, to'pni o'z yarim maydonidan to'pni oldinga oshirish orqali ham yuzaga keltiradi. SHu bilan birga, "oddiy futbol uslubi" hamon mavjud.


Asosiy yulduzlari

Baxtiyor Zaynutdinov terma jamoa etakchisi va eng qimmat futbolchisi (3,5 million evro) sanaladi. Terma jamoa safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. Klub miqyosida Baxtiyor hamon yaxshi formada: u himoya markazida o'zi uchun noodatiy poziciyada harakat qilsa-da, CSKAning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, "armiyachilar" klubidagi holati haqida gapiradigan bo'lsak, Zaynutdinov allaqachon maydonda etti bor poziciyani o'zgartirgan! Hozirda Baxtiyorning kichik jarohati bor, ammo u O'zbekistonga qarshi o'yingacha maydonga qaytishi kerak.



Qizig'i shundaki, Zaynutdinov o'zbek millatiga mansub. Bu haqda sport menejeri German Tkachenko aytib o'tdi. Biroq Baxtiyorning otasi takidlashicha, ularning oilasi nafaqat o'zbek, balki qozoq, uyg'ur, tojik va hatto ukrain millatiga mansub.

Nurali Alip "Zenit" safida o'ynaydigan yana bir RPL vakili hisoblanadi. Ushbu mavsumda Nurali asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi va unga kam vaqt ajratilmoqda. Bu peterburgliklar himoya chizig'idagi yuqori raqobat bilan bog'liqdir. Qozog'iston terma jamoasiga kelsak, Alip bu erda 100 % boshlang'ich tarkibda o'ynaydi. Darvoqe, Nurali Ozarbayjonga qarshi Millatlar Ligasi bahsida bir daqiqada ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgandi.


Oldingi uchrashuvlar statistikasi

O'zbekiston va Qozog'iston olti bor uchrashuv o'tkazgan. Jamoalar oxirgi marta 2007 yilning mart oyida o'zaro to'qnash kelishgan. O'sha bahs durang bilan yakunlangan - 1:1. O'zaro o'yinlarga ko'ra, O'zbekistonda ikkita, Qozog'istonda bitta g'alaba mavjud. Yana uch bahs durang bilan yakunlangan.

O'zbekiston terma jamoasining Qozog'istonga qarshi o'yindagi imkoniyatlari O'zbekiston uchun ham, Qozog'iston uchun ham principial xarakterga ega. Ikki qo'shni davlat futboli doimo taqqoslanib, qaysi chempionat va kimning terma jamoasi yaxshiroq ekanligi haqida qizg'in bahs-munozaralar mavjud. Noyabrdagi uchrashuv esa kim haq ekanligini oydinlashtiradi.


Avvalroq qozog'istonliklar ustozi O'zbekiston bilan o'yin haqida fikr bildirgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qozog'iston o'rtoqlik uchrashuvi 16 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing