16 noy 06:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Murabbiylik faoliyatini boshlagan Ruslan CHagaevning shogirdi Rossiyada ringga ko'tarildi
Avvalroq, afsonaviy bokschimiz Ruslan CHagaev rossiyalik bokschi Fotima Dudievaga murabbiylik qilayotgani haqida xabar qilgandik.
Sankt-Peterburgda o'tkazilgan jang oqshomida Dudieva polshalik Dorotoy Norekni mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Fotima Dudieva bungacha prof boksda 5 ta jang o'tkazgan. Polshalik raqibga qarshi jangi esa beslanlik bokschi uchun faoliyatidagi oltinchisi bo'ldi. U o'tkazgan 6 ta jangining barchasini g'alaba bilan yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, Fotima Dudieva jangga tayyorgarlik jarayonini Andijonda olib borgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar