So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

19 avg 08:53
Yangiliklar

Futbol

Musiala nega xushini yo'qotayotganini tushuntirdi

Jamal Musiala "Bavariya" safidagi so'nggi o'yinlarda hushdan ketishiga olib kelgan sog'lig'idagi muammolar haqida so'zlab berdi.

Kecha "Bavariya" yarim himoyachisi ketma-ket ikkinchi o'rtoqlik o'yinida – "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda o'zini yomon his qildi. 15 avgust kuni Musiala "RB Leypcig" bilan o'yin vaqtida o'zini yomon his qilgan edi.

"Avvalambor, men bilan hammasi joyida! Xabarlaringiz va qo'llab-quvvatlashingiz uchun juda minnatdorman!

Sizlardan ko'pchilik xavotirda ekanini tushunaman. Bugun xavotirlaringizni tarqatib, bazi narsalarni tushuntirib bermoqchiman. Menda nevrologik disfunkciya tufayli yuzaga kelgan, qisqa muddatli, ammo oson davolanadigan absanslar tashxislandi. Bu, masalan, "Leypcig"ga qarshi yoki hozir "Xaydenxaym"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bir qarashda bu qo'rqinchli ko'rinishini bilaman, ammo hozirgi vaqtda bu mening kundalik hayotimning bir qismidir. Men ajoyib tibbiy yordam olyapman va juda optimistik ruhdaman. "Bavariya" va mening atrofimdagilar bu yo'lda meni qo'llab-quvvatlashmoqda.

Bundan tashqari, sog'liq uchun hech qanday xavf yo'qligini takidlash muhim. Mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, chorlovni qabul qilish va nevrologlarning ruxsati bilan tuzalishimga eng ko'p yordam beradigan narsa bilan shug'ullanishni davom ettirish – shunchaki kundalik hayotim bilan yashash va bor ishtiyoqim bilan futbol o'ynashda davom etish mening shaxsiy istagim edi. Men buning uchun masuliyatni o'z zimmamga oldim. Umuman olganda, o'zimni juda yaxshi his qilyapman va to'g'ri yo'ldaman. Menga eng yaxshi yordam beradigan narsa – bu sizning qo'llab-quvvatlashingiz ostida jamoam bilan g'alabalar va sovrinlarni qo'lga kiritishda davom etishdir.

Bu sizga meni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi deb umid qilaman. SHu bilan birga, sizning tushunishingizga umid qilgan holda, bu mavzuni bundan buyon faqat eng yaqin tanishlarim, klub va ekspertlar davrasida tutishni istardim. Katta rahmat", – deb yozdi Musiala Instagram'da.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing