30 apr 11:13
Yangiliklar
Mutua Madrid Open. Naomi Osakaning yurishi boshlandi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Naomi Osaka Madriddagi WTA turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi.
Ayni paytda WTA reytingida 36-o'rinni egallab turgan yaponiyalik tennis malikasi Mutua Madrid Open turnirining ilk davrasida jahonning 78-raketkasi, rossiyalik Anastasiya Potapovadan ustun keldi - 6/3, 6/1.
Tennischilar kortda 62 daqiqa harakat qilishgan. Kunchiqar yurt vakilasi 6 ta eys, beshta breykni amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda uchta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Osaka ikkinchi bosqichda ispaniyalik Sara Sorribes-Tormoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar