25 mar 13:08
Yangiliklar
MYU sobiq sardori Angliyani Afrikaning to'rtinchi jamoasiga almashtirdi
Himoyachi Aksel Tuanzebe buyog'iga o'zi tug'ilib o'sgan mamlakat – Kongo Demokratik Respublikasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi, deb xabar bermoqda Kongo DR futbol associaciyasi.
Markaziy himoyachi yoshlar darajasida nom qozongan. Angliyaning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o'ynagan va hatto "Manchester Yunayted" sardorlik bog'ichini ham taqqan. Biroq doimiy jarohatlar 26 yoshli Tuanzebening rivojlanishini to'xtatib qo'ydi. U hozir CHempionshipda "Ipsvich" uchun o'ynamoqda va Angliya terma jamoasi uni chaqirishi dargumon edi.
Eslatib o'tamiz, Kongo Demokratik Respublikasi so'nggi Afrika Millatlar Kubogida to'rtinchi o'rinni egallagandi. "Leopardlar" FIFA reytingida 63-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar