16 noy 07:02
Yangiliklar
Nadal 2009 yildan beri birinchi marta ketma-ket to'rt o'yinda mag'lub bo'ldi
Kutilmaganda "Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra chempioni, jahonning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal 2009 yildan beri birinchi marta ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'ldi.
Nadal ATR Yakuniy turnirida jahonning 6-raketkasi, kanadalik Feliks Ojega 2 setda 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rafa uchun bu faoliyatida eng uzoq davom etgan ATR tasnifiga kiruvchi turnirlardagi mag'lubiyat bo'ldi. 2009 va 2022 yillardan tashqari Rafa 2002 va 2003 yillarda ham ketma-ket to'rtta bahsda mag'lub bo'lgan.
Etiborlisi, Nadal barcha to'rtta o'yinda shimoliy amerikaliklarga imkoniyatni boy bergan.
Rafael Nadalning mag'lubiyatli seriyasi 2009-2022:
US Open - 2022. 4-tur. Nadal (22) - Frensis Tiafo (AQSH, 2) - 4:6, 6:4, 4:6, 3:6.
Parij "Masters"i. 2-davra. Nadal (2) - Tommi Pol (AQSH) - 6:3, 6:7 (4:7), 1:6.
Yakuniy ATR turniri. Turin. Nadal - Teylor Fric (AQSH) - 6:7 (3:7), 1:6.
Yakuniy ATP turniri. Turin. Nadal - Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 3:6, 4:6.
Fikrlar