13 may 20:40
Yangiliklar
Tennis
Nadal Rimda 3 soat 30 daqiqalik o'yin o'tkazdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Rimdagi turnirning uchinchi davrasida kanadalik Denis SHapovalovga qarshi kortga chiqdi.
3 soat 30 daqiqa davom etgan o'yinda Nadal 3:6, 6:4, 7:6 hisoblarida qiyinchilik bilan g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.
Qayd etish lozimki, SHapovalov uchinchi setda matchboldan foydalana olmadi.
Endi Nadal yarim final chiptasi uchun Zverev - Nishikori o'yini g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar