So’nggi yangiliklar

11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0

12 apr 11:34
Yangiliklar

Boshqalar

Namanganda Sportchi yoshlar forumi ommaviy sport tadbiri o'tkazildi

Namangan viloyati Namangan shahridagi Afsonalar vodiysi bog'ida Sport bilan yangi marralar sari! shiori ostida ilk bor Sportchi yoshlar forumi ommaviy sport tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash, aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida «Sport bilan yangi marralar sari!» shiori ostida «Sportchi yoshlar forumi» ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur sport tadbirlarida karate, taekvondo, kurash, o'zbek jang sanati, shaxmat, shashka, stol tennisi, armrestling, tosh ko'tarish, engil atletika, futbol, badminton sport turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar va mahorat saboqlari o'tkazildi hamda musiqali badantarbiya «Fleshmob» ommaviy tadbiri ham tashkil etildi.

Eng asosiysi, «Afsonalar vodiysi» bog'iga tashrif buyurgan aholi o'rtasida shaxmat, shashka, armrestling, stol tennisi, tosh ko'tarish bo'yicha musobaqalar tashkil etildi. Mazkur musobaqalar Germaniya davlatidan olib kelingan stol tennisi stanok stoli «Afsonalar vodiysi» bog'iga tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritganlar esdalik sovg'alari taqdim etildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing