24 noy 13:50
Yangiliklar
Namanganda “Vatanparvar” tashkiloti nimalarga erisha oldi? + FOTO
Unda ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi SHavkat Abdurazzoqov "Vatanparvar" tashkiloti viloyat kengashi binosi oldida tashkil etilgan ko'rgazma bilan tanishdi.
1991 yil 23 noyabrda asos solingan - O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti mamlakatimiz Qurolli Kuchlariga malakali mutaxassislar tayyorlash barobarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ham manaviy, ham jismoniy, ham aqliy toblanishiga xizmat qilayotgan mardlik o'chog'idir.
Buni “Vatanparvar” tashkilotining Namangan viloyati kengashi faoliyati misolida ham ko'rish mumkin. Bugungi kunda mazkur tashkilot tasarrufida 12 ta o'quv sport texnika klubi, hamda amaliy sport turlari markazi mavjud. Bu maskanda yoshlarni manaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mudofaa sohasiga oid boshlang'ich bilim berish va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko'maklashish, avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufida 12 ta o'quv muassasada “A”, “V”, “VS” toifali avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va “S”, “D”, “VE”, “SE” toifalar bo'yicha qayta tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, uch o'lchamli animaciya effektlari va videokontentga ega ko'rinishdagi elektron o'quv qo'llanmalardan talim olayotgan haydovchilikka nomzodlar internet tarmog'i orqali keng foydalanishlari va ularga qulayliklar yaratish maqsadida, tasarrufdagi barcha tashkilotlar uzluksiz internet tarmog'iga ulangan hamda xududlarda bepul WiFi zonalar tashkil qilindi.
Viloyat kengashi tizimidagi o'quv muassasalarning avtomobillar saroyini o'zimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillar bilan boyitish uchun Lasetti A/T, Kobalt A/T, Neksiya-3, Matiz, Damas va Spark rusumli engil avtomobillar, shuningdek, yuk avtomobillari sotib olinib, o'quv avtomobillari sifatida foydalanib kelinmoqda.
Etirof etish joiz, “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ertamiz egalarini sportga qiziqtirish, ularning salohiyati va intilishlarini yuzaga chiqarishda alohida tashabbus ko'rsatib kelmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommmalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni asosida Uchqo'rg'on tumanida 1,70 gektar maydonda Markaziy Osiyoja yagona bo'lgan, uch konfiguraciyali zamonaviy kartodrom barpo etildi. Ushbu karting majmuasida sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar hozirlandi. Nafaqat respublika darajasidagi musobaqalar, balki xalqaro miqyosdagi turnirlarni yuqori saviyada tashkillashtirish imkoniyati yaratildi.
“Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi va uning tasarrufidagi tashkilotlarda Yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sportning o'q otish, yozgi biatlon, duatlon, triatlon, modelsozlik, raketamodel, aviamodel, erkin uchuvchi aviamodel, kord aviamodel, radiosport, karting, avtosport, avtoralli, avtomobil xalqa poygasi, motosport va harbiy amaliy ko'pkurash turlari bo'yicha to'garaklar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularda moddiy texnika bazani takomillashtirish maqsadida turli zamonaviy sport texnikalari va anjomlari bilan taminlanib kelinmoqda.
Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovacion texnologiyalar, sportchilarni tayyorlash o'quv-mashq jarayoniga ilg'or uslublarni joriy etishga qaratilgan loyihalar doirasida Pop tumani o'quv sport texnika klubida viloyatda yagona bo'lgan parashyut sport sekciyasi ochildi.
Ayni paytda tashkilot tasarrufidagi havo miltig'idan o'q otish, yozgi biatlon, duatlon, triatlon, modelsozlik, raketamodel, aviamodel, erkin uchuvchi aviamodel, kord aviamodel, radiosport, karting, avtosport, motosport va harbiy amaliy ko'pkurash to'garak va sekciyalarida sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarning ushbu sport turlariga qiziqishini orttirish, ularni keng jalb etishga innovacion yondashuvlar asosida ish olib borilmoqda.
Sportning texnik va amaliy turlari bo'yicha to'garak va sekciyalarda jami mingga yaqin yosh o'g'il – qiz muntazam shug'ullanmoqda. Joriy yilning o'tgan 10 oyi davomida o'tkazilgan respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda viloyat terma jamoasi azolari tomonidan 23 ta oltin, 19 ta kumush, 32 ta bronza medal qo'lga kiritildi. SHuni takidlash kerakki, sportchilardan 9 nafari o'q otish, 2 nafari radiosport, 2 nafari raketamodel, 7 nafari karting poygasi turlari bo'yicha mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiritildi.
Tantanali taqdirlash marosimida viloyat rahbari soha mutasaddilari, xalqaro va mahalliy musobaqalarda g'olib chiqqan sportchi yoshlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.
Fikrlar