05 iyu 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Namayunas - Andrade revansh jangi sanasi tasdiqlandi
Sobiq UFC chempionlari Rouz Namayunas va Jessika Andrade o'rtasida ikkinchi jang o'tkaziladi.
UFC promousheni tomonidan ushbu revansh jangi rasman tasdiqlandi va 11 iyul kuni bo'lib o'tadi. Rouz va Jessika jangi UFC 251 turniri doirasida tashkil etiladi.
Rouz Namayunas va Jessika Andrade o'rtasidagi ilk jang 2019 yilning may oyida UFC 237 turniri doirasida o'tkazilgan bo'lib, unda Andrade raqibasini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. O'shanda chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Jessika oradan uch yarim oy o'tib uni xitoylik CHjan Veyliga boy bergandi.
Havola :
Fikrlar