23 dek 18:02
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka: Sport siyosatdan holi bo'la olmaydi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka o'zi va boshqa sportchilarning siyosatga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
"Odamlarga sportchilarning siyosatga aralashishi yoqmaydi. Masalan, Lebron Jeyms irqchilik haqida gapirganda, jurnalistlar unga siyosatga aralashmasdan to'p haqida o'ylashini aytishgandi.
Insonlar bizni shunchaki kuchli organizm deb bilishadi. Biz shunchaki katta mushaklardan iborat organizm emasmiz. Bizning ham o'z fikrlarimiz bor. Bizni ovozimizni shuncha bo'g'ishgani etar.
Biz ham atrofdagi voqealarga munosabat bildiramiz. Sport hech qachon siyosatdan holi bo'la olmaydi, hechqachon!", - dedi Naomi Osaka.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar