02 mar 10:20
Yangiliklar
Futbol
"Nasaf" titul homiyga ega bo'ldi. Superliganing yana qaysi jamoalarida titul homiy yo'q?
Kecha "Nasaf" "Xorazm"ga qarshi uchrashuvda o'z titul homiysiga ega bo'lganini malum bo'ldi.
"Ajdarlar" Qashqadaryoning yirik ishlab chiqaruvchi korxona "SSmart" bilan kelishuvga erishgan. "SSmart" aqlli televizorlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.
Endilikda Superliganing titul homiysi yo'q jamoalar soni to'rtta qoldi. Ular - "Bunyodkor", "Xorazm", "Mashal" va "Qo'qon-1912" jamoalari.
Qizig'i, "Qo'qon-1912" jamoasida o'tgan mavsumda ham titul homiysi yo'q edi. O'tgan mavsumda "Mashal"ning titul homiysi "O'zbekiston Milliy banki" edi. "Bunyodkor"da "O'zbekneftgaz" titul homiysi bo'lgan bo'lsa, "Xorazm" jamoasining liboslarida "Uztelekom" logosi tushirilgandi.

Havola :
Fikrlar