17 jan 12:27
Yangiliklar
Futbol
"Nasaf"ga ukrainalik legioner kelmoqda
"Nasaf" ukrainalik legioner darvozabon Oleksandr Vorobey bilan kelishuvga erishdi.
Tez kunda posbon Qarshiga etib keladi. Qarshiliklar Abduvohid Nematovga 1,90 smlik raqobatchi topishdi. Vorobey o'tgan mavsum Gruziya chempionati yil ramziy terma jamoasidan joy olgandi.
Darvozabon o'tgan mavsum "Gagra" jamoasi safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta gol o'tkazib yuborgan. 12 ta bahsda esa o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan.
Havola :
Fikrlar