08 mar 16:42
Yangiliklar
Futbol
Natan Ake "Barselona"ga o'tishi mumkin
Niderlandiyalik 31 yoshli himoyachi Natan Ake faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
“Ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku "Manchester Siti" himoyachisining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Ake bu taklifga qiziqish bildirishi mumkin, chunki bu mavsumda futbolchi "shaharliklar"ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgan.
Natan Ake 2020 yilda "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga o'tgan. Bu mavsumda himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushdi.

Havola :
Fikrlar