08 jan 15:40
Yangiliklar
Futbol
"Navbahor"ga RPLda o'ynayotgan himoyachi kelmoqda
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov malum qildi.
"Navbahor" jamoasining bo'lajak legioneri — Anri CHichinadze.
Gruziyalik 28 yoshli markaziy himoyachi Rossiyaning "Orenburg" klubidan Namanganga kelmoqda. 1,89 metr bo'yga ega CHichinadze joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Yani, "Navbahor" Rossiya chempionatidan zaxirada o'tirgan emas, doimiy o'ynab turgan futbolchini olib kelmoqda", – deyiladi xabarda.

Malumot uchun, CHichinadze 2023 yil Yaypanning "Turon" jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : t.me/qosimovt
Fikrlar