26 okt 18:40
Yangiliklar
Velosport
Navbat trek ustalariga
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi karantin talablari yumshatilgach o'z faolligi bilan ajralib turibdi.
Trek yo'nalishida o'smirlar o'rtasidagi bahslardan so'ng navbat yoshlar o'rtasidagi mamlakat chempionatiga etib keldi.
Kuni kecha shosseda o'z omadini sinab ko'rgan yoshlarimiz endilikda trekda kuch sinashishmoqda. Bugun poytaxtimizda start olgan mazkur musobaqa 31 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
Musobaqada ishtirok etish uchun 100 nafardan ortiq sportchi talabnoma topshirgan. Reglamentga ko'ra, bugun jamoaviy sprint yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar