10 jan 11:12
Yangiliklar
Futbol
Neymar "Al Hilol"ga qimmatga tushdi
Hujumchi Neymar 2024 yilda "Al Hilol" tarkibida faqatgina ikkita o'yinda maydonga tushdi.
Ushbu o'yinlarda u 42 daqiqagina harakatlandi. Saudiya Arabistoni klubi unga yiliga 101 mln evro maosh to'ladi. Demak, braziliyalik futbolchi har bir daqiqasi uchun 2,4 mln evrodan ishlab topgan.
Jarohati sababli o'tgan mavsumni deyarli to'laqonli ravishda o'tkazib yuborgan 32 yoshli futbolchi "Inter Mayami" tomon yo'l olishi kutilmoqda.
Havola :
Fikrlar