19 dek 17:55
Yangiliklar
Futbol
Neymar PSJdan "Al-Hilol"ga ketishining asl sababini aytdi
Braziliyalik hujumchi nima uchun 2023 yilning yozida PSJdan "Al Hilol"ga ko'chib o'tganini tushuntirib berdi.
"Al Hilol"ning taklifidan so'ng PSJni tark etishga qaror qildim. Qarorimga pulni hech qanday aloqasi yo'q edi. Men Parijda baxtli emas edim. Klub va murabbiylar meni jamoada ko'rishni istashmadi. Ular bilan bu haqida gaplashganimdan keyin Parijdan ketish vaqti kelganini tushunib etdim.
SHundan so'ng "Al Hilol" vakillari men bilan aloqaga chiqishdi. Men klub, mamlakat madaniyati va chempionat bilan tanishganimdan keyin Saudiyaga borishga rozi bo'ldim", — deya fikr bildirdi Neymar.
Eslatib o'tamiz, Neymarning "Al Hilol" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi joriy mavsum jarohatlar sababli atigi 42 daqiqa harakat qildi.
Havola :
Fikrlar