14 jan 10:28
Yangiliklar
Futbol
N'Golo Kante turk klubiga o'tishi mumkin
"Fenerbahche" klubi Kanteni olib kelmoqchi.
Turkiyaning "Fenerbahche" klubi hozirda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasida to'p surayotgan 34 yoshli markaziy yarim himoyachi N'Golo Kantega rasmiy taklif berdi. Kante "Fenerbaxche" taklifini ko'rib chiqishga tayyor ekanligini malum qildi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.
N'Golo Kante 2023 yilda "CHelsi"dan erkin transfer asosida "Al Ittihod"ga o'tgan edi. Saudiya klubi safida u 100 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. Kantening "Al Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi shu yoz oxirida tugaydi. Transfermarkt portali baholashiga ko'ra, uning transfer qiymati 4,5 million evroni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar