So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

22 dek 16:14
Yangiliklar

Xokkey

NHL Olimpiada paytidagi tanaffusda qoldirilgan bazi o'yinlarni o'tkaza olmaydi. Muntazam chempionat uzaytirilishi mumkin

Teglar :  NXL
NHL dastlab kalendarda rejalashtirilgan Olimpiya o'yinlari tanaffusidan koronavirus tufayli qoldirilgan o'yinlarni o'tkazish uchun foydalanishni rejalashtirgan edi, ammo arenalardagi tadbirlar tufayli taqvimda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Avvalroq, liga va ittifoq xokkeychilarning 2022 yilda Pekinda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ishtirok etmasligiga kelishib olgani malum qilgandi.

ESPN xabariga ko'ra, liga uchun endi yangi taqvim tuzish masalasi kun tartibiga chiqmoqda. Olimpiada tanaffusi 6-22 fevral kunlariga belgilangan edi.

Malum qilinishicha, NHL arenalar bandligi sababli ushbu 2 hafta ichida ko'chirilgan barcha o'yinlarni o'tkaza olmaydi.

Liga mavsumning ikki tomonlama taqvimini tuzishda Olimpiya o'yinlaridan voz kechilgan taqdirda taqvimni saqlab qolishni so'radi, ammo ko'plab arenalar pandemiya davridagi daromad yo'qotilishini qoplash zarurati tufayli baribir boshqa tadbirlarni rejalashtirishgan.

SHunday qilib, fevral oyida NHL jamoalari qandaydir tanaffusga ega bo'lishlari mumkin. "Neshvill" klubining bosh menejeri Devid Poylning aytishicha, bu muddat liga va ittifoq o'rtasida muhokama qilinadigan mavzu bo'ladi.

Unga ko'ra, muntazam chempionatni bir haftaga uzaytirish varianti ham istisno etilmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing