17 iyu 15:30
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova uzoq yillardan keyin terma jamoa safida! Tennischilarimiz Billie Jean King Cup turniridagi ishtirokini boshladi
Kecha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha allar o'rtasida Billie Jean King Cup musobaqasining II Osiyo/Okeaniya guruhi bahslari start oldi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Oqgul Amanmurodova sardorligi ostidagi tennischi qizlarimiz bugun ilk tur doirasida Filippinga qarshi kortga chiqdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Dastlabki o'yinda Darya SHubina Teniell Madisni 2:1 (4/6, 6/3, 6/1) hisobida taslim etdi. Nigina Abduraimova hamda SHaira Xoup Riveyra o'rtasida kechgan ikkinchi o'yin esa 1:2 (2/6, 6/3, 3/6) hisobida filippinlik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi. Hal qiluvchi uchinchi bahsda SHubina va Abduraimova juftligi SHaira Xoup Riveyra va Aleksa Joy Millyam juftligiga 1:2 (6/3, 3/6, 8/10) hisobida taslim bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar