So’nggi yangiliklar

11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0 09:01Жаҳон чемпионатида қатнашадиган Ўзбекистон cпорт курашчилари маълум 0 20:46"Ғазалкент" клуби яна бир компания билан ҳамкорлик бошлаганини эълон қилди 0 19:00"Ортга йўл йўқ эди". Магомед Анкалаев Перейра қарши жангдаги мағлубият сабабини айтди 0 18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0

30 iyu 11:36
Yangiliklar

Qilichbozlik, Dzyudo

Nigina O'ktamova, Zaynab Dayibekova, Gulnoza Matniyazova va boshqa sportchilarimiz "SHuhrat" medali bilan mukofotlandi

Teglar :  SHuhrat medali
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi farmoni elon qilindi.

Farmonda takidlanishicha, bugungi kunda yangi O'zbekiston yoshlariga har tomonlama etibor va g'amxo'rlik ko'rsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishiga aylanmoqda. Jismoniy va manaviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Bu jarayonda o'z taqdiri va kelajagini Vatanimiz taqdiri va istiqboli bilan uzviy bog'liq holda ko'radigan, shu yo'lda har qanday sinov va mashaqqatlarni engib o'tishga, jasorat va matonat ko'rsatishga tayyor bo'lgan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan o'g'il-qizlarimiz safi tobora kengayib borayotganini alohida takidlash lozim.

O'zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo'nalishi va ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan turli sohalarda yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro'-etiborini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan, tengdoshlariga o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan faol va etakchi yoshlarimizdan bir guruhi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular qatorida bir guruh sportchi yoshlarimizning ham borligi bizni quvontiradi. Quyida mukofotga sazovor bo'lgan sportchi yoshlarimiz bilan tanishing:


«SHuhrat» medali bilan:

Abdullaev G'ulomjon Ozodovich – erkin kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay uli – yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Dayibekova Zaynab Kazbekovna – qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Matniyazova Gulnoza Jumaboy qizi – dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Sadullaeva Safina Erkinovna – engil atletika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

Turdibekova Sitora SHavkat qizi – boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi;

O'ktamova Nigina Jasur qizi – boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi.

Jafarov Saidjamshid Rustam o'g'li - boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi, Buxoro viloyati


Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing