22 avg 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev haqiqatan ham Armando Resendis bilan jang qiladimi? Menejer javob berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi meksikalik Armando Resendisga qarshi o'tishi haqida xabarlar tarqaldi.
Insayder Jalol Ahmedov Meliqo'zievning menejeri Alik Frolov bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
"Bektemir Meliqo'ziev va Armando Resendis jangi 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishi bo'yicha bazi kanallarda tarqalgan xabar bo'yicha menejerlar bilan bo'g'langan edim. Ular bu xabarni inkor qilishdi va Xayme Mungiyaga harakat qilishayotganini aytib o'tishdi", deyiladi Ahmedovning xabarida.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar