05 apr 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

"Nima uchun Xabibning o'zi jang manzilini izlashi kerak?"
Hali hamon ko'pchilikda 18 aprel kuniga belgilangan UFC 249 turnirining o'tkazilishiga ishonch bor.
Rossiyalik UFC jangchisi Rustam Xabilov ham hozirgi holat yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va tabiiyki, bu jarayonda vatandoshi Xabib Nurmagomedov tomon bo'ldi.
"Rossiyadan uchib ketishning iloji yo'q deyishyapti. Keyin bo'lgan taqdirda ham nima uchun Xabib jang uchun manzil izlashi kerak? Bu UFC rahbarlarining vazifasi. Aynan ular turnir qaerda o'tkazilishini aytishlari shart. Ikki hafta qolgan bir paytda qaerdan joy topadi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatiga koronavirus kirib borgan-ku!", - deya Xabilovning so'zaridan iqtibos keltirmoqda TASS axborot agentligi.
Havola :
Fikrlar