15 sen 12:14
Yangiliklar
Tennis
Nishikori Rim "Masters" ikkinchi davrasida
Italiya poytaxti Rim shahrida tennis bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 35-raketkasi, yaponiyalik Kei Nishikori turnirning birinchi bosqichida ATP reytingining 44-pog'onasidan joy olgan ispaniyalik Albert Ramosni 6/4, 7/6(3) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv 123 daqiqa davom etgan. Bu vaqt oralig'ida 30 yoshli Nishikori ham, 32 yashar Ramos ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda Kunchiqar yurt vakili hisobni yiriklashtirdi - 5:1. Keining Internazionali BNL d'Italia ikkinchi davrasidagi raqibi Sten Vavrinka - Lorenco Muzetti qarama-qarshiligidan so'ng aniqlanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar